Brendan Freyzer muhlislarni hayratda qoldirdi

Aktyor kinoteatrga “Mumiyo” filmidagi qahramoni Rik O’Konnell obrazida kelgan. Muhlislar xuddi kinofilm real hayotda bo'layotgandek his qilishgan o'zlarini. Va ular aktyorni gulduros qarsaklar bilan kutib olishga.

 

2023-yil 20-yanvar kuni kinoteatrda “Mumiyo” va “Mumiyo: Qaytish” filmlari namoyish etildi. Tomoshabinlar film franshizasida Rik O’Konnell rolini ijro etgan Freyzerning tashrifi haqida oldindan ogohlantirilmagan. Aktyor ekrandan so‘ng sahnaga chiqqanida, tomoshabinlar uni gulduros qarsaklar bilan kutib oldi. Ko‘pgina tomoshabinlarning fikricha, Freyzer tadbirga “Mumiyo” filmidagi qahramoniga juda o‘xshash kiyimda kelgan.

 

“Ushbu film Buyuk Britaniyada suratga olingan. Bilasizmi? Hatto ikkinchi qismi ham. Shunday ekan, bundan faxrlaning. Bu yerda bo‘lganingiz uchun rahmat. Biz unda suratga tushganimizda film qanday bo‘lishini bilmasdik. Bu komediyami, jangovar filmmi yoki qo‘rqinchli film, melodramami, umuman bilmasdik. Britaniyalik tomoshabinlar oldida sinov namoyishlarini o‘tkazmagunimizcha, hech narsani bilmadik. Buning uchun tashakkur”, — dedi Freyzer tomoshabinlarga.

 

Shuningdek, aktyor tashrif buyuruvchilarga o‘zi bosh rolni ijro etgan Darren Aronofskiyning “Kit” dramasini tomosha qilishni ham taklif qildi. Eslatib o'tamiz bu film uchun aktyor 272 kg vazn to'plagan.