Internetda Aaron Teylor-Jonson bosh rolni ijro etgan "Ovchi Kreyven" filmi haqidagi dastlabki sharhlar paydo bo‘ldi. Tanqidchilar ushbu loyihani salbiy baholadilar.
Xabar chop etilgan paytda Rotten Tomatoes portalida filmning reytingi 15% ni, Metacriticda esa 100 balldan 33 balni tashkil qilgan. Tanqidchilar filmning kuchsiz syujeti, "zerikarli" vizual tarkibi va bosh qahramonning yetarlicha taniqli emasligini ta'kidlamoqda.

Film syujetining markazida Rossiyadan kelgan immigrant Sergey Kravinov turadi. U yovvoyi hayvonlarni ovlaydigan ovchi va O‘rgimchak-odamning qattiq dushmanlaridan biri sifatida tasvirlangan. Filmda shuningdek, Ariyana DeBouz va Rassel Krou ham suratga tushgan. Rejissyorlikni esa Jey Si Chendor ("Xatar chegarasi") amalga oshirgan.
Shuningdek, ekspertlar "Ovchi Kreyven" filmi uchun kassa muvaffaqiyatsizligini bashorat qilmoqda. Film birinchi hafta davomida atigi 13–15 million dollar daromad keltirishi mumkin, bu esa 110 million dollarlik budjet bilan taqqoslaganda juda past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bundan tashqari, "Ovchi Kreyven" Sonyning "yovuz qahramonlar koinoti"dagi oxirgi loyihasi bo‘lishi ma’lum qilindi. Ushbu koinotga ilgari "Venom", "Morbius" va "O'rgimchak Xonim" filmlari ham kirgan edi. Eslatib o'tamiz "Ovchi Kreyven filmi 13 - dekabrdan butun dunyo bo'ylab premyera qilinishni boshlaydi.
Tasodifiy xabarlar
"Momaqaldiroqlar" filmi rasmiy treyleri
“Shrek” multfilmidagi eshakning prototipi vafot etdi
Yaxshi bo'lish osonmi 4 multfilmidan yangi rasmiy treyler
Qora ko'zgu oyn seriali 7 mavsumi fasli yangi rasmiy treyleri
Mashhur rejissor Kventin Tarantino kino olami tarixidagi eng yaxshi filmni aytdi
"Ritani O'ldirish" serialidan yangi rasmiy tizer (Video)