"Garri Potter" filmi yulduzi qiziga "Wednesday" deb ism qo'ydi

“Garri Potter” franshizasida Ron Uizli rolini ijro etgan aktyor Rupert Grint millionlab muxlislar uchun abadiy samimiy, jasur Ron Uizli bo‘lib qoladi. Biroq u qancha mashhur rollarni o‘ynashi kerak bo‘lmasin, qizi uchun har doim ota hisoblanadi. Rupertning hayotda ajoyib va g‘amxo‘r ota ekanligi ham tomoshabinlarga sir emas. 

 

Rupert 2020-yilning aprel oyida uzoq yillik sevgilisi bilan ota-ona bo‘lishini ma’lum qildi. Aktyorning keyingi shaxsiy hayotini kuzatgan muxlislar uchun bu yangilik emas edi. Rupert 2018-yilda intervyularining birida oila qurishga va farzand ko‘rishga tayyorligini aytgan. Keyinroq aktyor o‘g‘il farzand ko‘rsa, unga Ron deb ism qo‘yishi haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi. Biroq Rupert bir bo‘g‘inli ismlar Grint familiyasi bilan birlashtirilmasligi kerak degan qarorga keldi.

 

Juftlikning birinchi farzandi 2020-yilning may oyida dunyoga keldi. Ular olti oy mobaynida farzandi haqidagi ma’lumotlarni ommadan sir saqladi, biroq Rupert noyabr oyida Instagram’dagi sahifasiga qizalog‘i bilan tushgan ta’sirli fotosuratini joyladi va uni butun dunyoga Uenzdey Ji Grint sifatida tanishtirdi. Post ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi, Ronning akkaunti esa jahon rekordlarini yangilab, Ginnes rekordlari kitobiga bir million obunachini juda tez to‘plagan akkaunt sifatida kiritildi.

Qizi uchun bu ismni tanlagan juftlik dunyodan bir qadam oldinda edi, chunki so‘nggi 2 yil ichida Tim Burtonning Addamslar oilasi haqidagi seriali chiqishi bilan, ko‘plab ota-onalar o‘z farzandlariga jasur yosh qahramon Jenna Ortega sababli shu ismni qo‘ydi. Biroq o‘sha paytda juftlik boshqa aktrisa — Kristina Richchi gavdalantirgan Uenzdey haqida o‘ylagan.

 

Aktyorning aytishicha, otalik uni shaxs sifatida o‘zgartirgan, bu u uchun yangi va hatto qo‘rqinchli sevgining ko‘rinishi.

Bu ajoyib. Menga ota bo‘lish juda yoqdi. Bu men bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi voqea”, — deydi aktyor. Rupert ota-onalarning barcha tashvishlarini juda yaxshi bilardi, chunki u qizi Uenzdey tug‘ilgan paytda Nayt Shyamalanning “Xizmatkorli uy” serialida suratga tushayotgan edi va hozirda ham ushbu loyihadagi faoliyatini davom ettirmoqda. Bu loyiha oilada chaqaloqni yo‘qotish qanchalik chidab bo‘lmas holat ekanini yorqin ifodalab beruvchi mistik psixologik triller hisoblanadi.

 

Rupert shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni ommaga oshkor etishni yoqtirmaydigan mashhurlardan biri. Biroq u ko‘plab intervyularida barcha g‘ayratli otalar singari qizi haqida g‘urur bilan gapirgan. Muxlislar aktyorning qizi uning Xogvartsdagi mantiyasi, sehrli tayoqchasi va Ron Uizlining rasmi tushirilgan PEZ tayoqchasiga ega ekanligini biladi.

Aktyor qiziga mashhur franshizadan parchalarni ham ko‘rsatgan. Biroq qizaloq hali otasini Ron sifatida tanimaydi va Rupert uning butun filmni birga tomosha qilganda shu narsani tushunib yetadigan yoshga yetishini kutmoqda.

 

Grint qizalog‘i haqida yoqimli tafsilotlarni aytib beradi, Uenzdey shirinliklar, mevali muzqaymoqlarni yaxshi ko‘radi, unga Target do‘konlari va Oy yoqadi.

“U Oyga havas qiladi. Men Oyni yaxshi ko‘raman, biroq hech qachon unga ko‘p e’tibor bermaganman. Bu hayratlanarli. Qizim menga atrofimdagi dunyoni qadrlashni o‘rgatdi”, — deydi aktyor.


Muxlis
Muxlis

Garry Poter Va Lanatlangan Bola Filmi Suratga Olinadimi Adminlar Shu Haqida Batafsil Maqola Chiqaringlar

Garry Poter Va Lanatlangan Bola Filmi Suratga Olinadimi Adminlar Shu Haqida Batafsil Maqola Chiqaringlar

Mercedes
Mercedes

Hello! If you're in need of data scraping services, I'd be happy to assist you.

As an expert in this field, I have the experience and tools
necessary to provide fast and accurate data scraping that can help you make informed decisions and grow your
business. Don't hesitate to reach out to me for any of your data scraping needs.
Darby

Jkoiuhj, Bugun, 13:43
Godzilla va Kong 2: Yangi imperiya O'zbek tilida rasmiy treyler
Kjhbnmljh
Test, 24 марта 2024 16:04
Oʻzbek kinosi Hindistondagi festivalda “Eng yaxshi film” deb topildi
test test test dsalom test test test test test test test test test test test test
Гость Otabek, 24 марта 2024 01:20
Yo'ldagi uy Yo'l yoqasidagi uy yangi jangari filmdan qaynoq video parcha
Kino
Lazizbek, 21 марта 2024 23:19
“Kung Fu Panda 4” o'zbek ozbek tilida barcha kinoteatrlarda namoyish qilinadi
Zor
Zor, 21 марта 2024 23:12
Jeyms Kemeron “Avatar”ning davomini zudlik bilan suratga olishga kirishadi
Qqaa.