Pixar studiyasi “Boshqotirma” multfilmining birinchi qismi taqdim etilganidan keyin oradan 9 yil vaqt o‘tib, uning davomi hisoblangan ikkinchi qism treylerini eʼlon qildi. Statistik raqamlar muxlislar multfilmning davomini intiqlik bilan kutganlariga ishora qilmoqda.
Pixarning tomoshalar soni bo‘yicha bundan avvalgi rekordi “Muzyurak-2” multfilmi treyleriga tegishli edi. U taqdim etilganidan keyin 1 kun ichida 116 million marta tomosha qilingan. “Boshqotirma-2” qahramonlari Elzaga tegishli rekordga ega chiqishdi. Treyler bir sutka ichida 157 million marta ko‘rilgan. Ushbu ko‘rsatkichning teng yarmi TikTok platformasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Multfilm mualliflari qo‘lga kiritgan natijadan mamnun ekanligini yashirmayapti.
“Treyler ayni vaqtda qayd etgan natijani ko‘rib, bundan minnatdor bo‘lmasligimiz mumkin emas. Uni tomosha qilgan barchaga tashakkur – multfilmni kelgusi yoz faslida kinoteatrlarda hamma birgalikda tomosha qilishini intiqlik bilan kutyapmiz”, – deb yozdi loyiha mualliflari.
“Boshqotirma-2” multfilmining birinchi treylerida Raylining anchayin ulg‘aygani, 13 yoshni qarshi olgani ko‘rsatilgan. Ijodkorlar multfilmda muxlislarni yangi sarguzashtlar kutayotganiga ishora qilgan.
Quyida ushbu treylerni tomosha qilishingiz mumkin.



Tasodifiy xabarlar
Futbolchi Messi haqida mini serial suratga olinadi
Kinodagi ro'li uchun "Xunuk" ko'rinishga kirgan aktrisalar
O‘zi ishtirok etgan filmni tomosha qilishni istamaydigan Gollivud yulduzlari
Borsa kelmas 4 mavsumi From seriali 4 mavsumi faslidan birinchi rasmiy tizer-treyler
Marvel zombilari animatsion seriali yangi rasmiy treyleri
Tom Holland va Zendaya oila qurish arafasida!