Amerikalik reper 50 Cent (asli ismi Kertis Jekson) “Paramount+” studiyasi bilan hamkorlikda kriminal serial suratga oladi. Serialga “Vice City” deya nom berish rejalashtirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, serialda oʻtgan asrning 80-yillaridagi voqealar aks ettiriladi. 3 nafar askar Eronga noqonuniy yoʻllar bilan qurol-yarogʻ yetkazib berish operatsiyasiga aloqadorligi tufayli qurolli kuchlar safidan haydab yuboriladi va ular ona vatani – Mayamiga qaytadi. Sobiq askarlar kolumbiyalik muhojir bilan hamkorlik qilib, jinoiy guruh tashkil etishadi.
Serial senariysi ustida “Transformerlar: Mahluqlar yuksalishi” loyihasi orqali koʻpchilikka tanish boʻlgan Darnell Metayer va Josh Piters ish olib bormoqda. Serialning qachon taqdim etilishi esa hozircha ochiqlanmagan.
Tasodifiy xabarlar
O‘z uyida pichoqlangan Bollivud yulduzi Saif Ali Xon ahvoli haqida ma’lumot berildi
"Fortuna Operatsiyasi: g'alaba san'ati" film haqida o'zbekcha tahlil!
Qo'rqinchili katta premyera "M3GAN" film treyleri!
Yanchuvchi mashina yangi jangari film rasmiy treyleri
"Marvel" filmlari endi Xitoyda ham premyera qilinadi!
Filmdagi roli uchun maxsus ko‘nikmalarni egallagan aktyorlar