1997-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Titanik” o‘z davrining eng qimmat kino loyihalari hisoblangan. Ushbu film ko‘pgina aktyor va aktrisalarni, jumladan Keyt Uinsletni ham dunyoga tanitgan. Ammo bu mashhurlik aktrisa hayotida yaxshi oqibatlarga olib kelmagan. Bu haqida aktisa yaqinda bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Hayotimga ommaviy axborot vositalarining aralashuvi shu qadar kuchli ediki, o‘sha paytdagi yoqimsiz hislarni eslagim yo‘q,— deydi aktrisa. Hamma mendan nega “Titanik” dan keyin bosh rollarda suratga tushmasligimni so‘rar edi. Men esa 20 yoshimda mashhurlikka erishib, uy sotib olishga muvaffaq bo‘ldim. Yanada mashhurlik meni qo‘rqitar edi,— deb qo‘shimcha qildi Uinslet.
Bundan tashqari, odamlar meni tashqi ko‘rinishim ustidan kular: “Keyt semizligidan Jekka suv ustidagi eshikda joy yetmagan”, deyishardi. Biror rolga taklif etilsam, albatta vaznim haqida savol berishlari meni xafa qilardi. Natijada o‘zimga bo‘lgan ishonchim kamayib, tashqi ko‘rinishimdan uyalishni boshladim, — deydi aktrisa Keyt Uinslet.


Tasodifiy xabarlar
Marvel Zombilari animatsion serialidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
Merlin seriali aktyorlari hozirda qanday ko'rinishda?(video)
Moana jonli filmi oxirgi rasmiy treyleri namoyish qilindi
"Begona: Romulus" filmidan yangi rasmiy treyler
“Napoleon” tarixiy filmining treyleri taqdim etildi
Kitobidan ko‘ra kinosi qiziqarliroq chiqqan asarlar