Amerikalik aktyor Nikolas Keyj o‘zi ishtirokidagi TOP-5 filmni sanab o‘tdi. U mazkur filmlarni sevib tomosha qilishi haqida ta’kidlagan.
Reytingning eng yuqori o‘rnini 2021-yilda suratga olingan “Pig” filmi band etgan. Ikkinchi o‘rindan 2017-yilda suratga olingan “Mendi” filmi, uchinchi o‘rindan esa 1999-yilda taqdim etilgan “O‘liklarni tiriltiruvchi” filmi joy egallagan.
2009-yili suratga olingan “Yomon leytenant” filmi to‘rtinchi o‘rin, 2013-yilda ishlangan “Jo” kartinasi esa beshinchi o‘rinni band etgan.
Keyj shuningdek, “Yuzsiz” filmi ham jiddiy loyiha ekanligini aytib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Nikolas Keyj o‘zining ijodiy faoliyatini 1981-yilda boshlagan. Aktyor o‘tgan vaqt mobaynida yuzdan ortiq filmlar, klip, serial va boshqa loyihalarda suratga tushgan. 1996-yilda “Las-Vegasni tark etib” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Tasodifiy xabarlar
Ra'no Shodiyeva Hindistonda " Eng yaxshi ayol obrazi" mukofotini oldi
“Indiana Jons-5” filmi uchun qariyb 300 million dollar sarflandi
Yomon yigitlar-4 filmining to'liq O'zbekcha tahlili (Video)
"Tabassum" dahshatli film davomi suratga olinadimi?
"Napoleon" filmidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
"Moana 2" multfilmi haqidagi yangiliklar