O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlarning badiiy va televizion filmlari festivali (NFDC) ning “Eng yaxshi ayol obrazi” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi, “Central Asian Trade Company” (CATC) hamda “Dilshoh media” kinostudiyalari hamkorligida suratga olingan “Ayol qismati” badiiy filmi hayotda sodir bo‘lgan real voqeliklarga asoslangan.
Kinokartina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra 2019-2020-yillarda amalga oshirilgan insonparvarlikning eng oliy namunasi bo‘lmish “Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan yuzlab ayollardan biri- Sojidaning ayanchli taqdirini juda ta’sirli tarzda ekranda gavdalantirgan.


Tasodifiy xabarlar
Ustasi faranglar 3 filmidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Maymunlar sayyorasi:Qirollik" filmi haqida yangiliklar
Yangi ilmiy-fantastik film "65" treyleri va premyera sanasi
Qora kanareyka yangi jangari film rasmiy treyleri
Tabassum 2 qo'rqinchili filmidan yangi rasmiy treyler
Vakanda Ko'zlari animatsion seriali birinchi rasmiy treyleri