Amerikalik aktyor, rejissor Vin Dizel “Forsaj-11” filmining namoyish etilish sanasini e’lon qildi.
Film kinoteatrlarda 2025-yilning 4-aprel sanasida namoyish etiladi. Aktyor loyihadagi Dominik Toretto obraziga qaytadi, “oilasini” yangi sinovlardan qutqarishga harakat qiladi. Film direktori lavozimini yana Lui Leteryer egallaydi. Dizel avvalroq franshizaning o‘n ikkinchi film bilan yakunlanishini ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Forsaj-10” filmi 2023-yilning 19 may sanasidan boshlab butun dunyo kinoteatrlarida namoyish etilmoqda va loyiha shu kungacha 617,5 million dollardan ortiq daromad keltirdi.
Sujetga ko‘ra, Dante beshinchi “Forsaj” filmida o‘ldirilgan narkobaron Ernan Reysning o‘g‘li bo‘lib, u 12 yildan beri qasos olish rejasini o‘ylab yuradi. Filmda Vin Dizel va Jeyson Momoadan tashqari, AQSH akademiya mukofoti sovrindorlari Sharliz Teron, Xelen Mirren va Rita Moreno rol o‘ynagan.
Tasodifiy xabarlar
"Adolat tarafdori 3" filmidan rasmiy treyler (Video)
Noyabr oyida "Disney+" da nomoyish qilinadigan kino va seriallar (Video)
Lilo va Stitch filmidan birinchi rasmiy tizer
"Renfield" yangi qo'rqinchili komedik film treyleri
Pixar multfilm kompaniyasi haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar
"Disney+" da sentabr oyidagi premyeralar