Rejissor Greta Gervigning “Barbi” komediyasi ikkinchi dam olish kunlarida 93 million dollar ishlab topdi. Bu Warner Bros. studiyasi tarixidagi eng daromadli dam olish kunlari hisoblanadi.
Kartina AQShda 352 million dollar, jahon prokatida 750 million dollar daromad keltirgan. Uning budjeti 140 million dollarni tashkil etadi.
Eng ko′p daromad keltirgan yangi filmlar ro‘yxatida Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bayopik namoyish etilganidan so‘ng ikkinchi dam olish kunlarida AQShda 46 million dollar ishlab topdi. Universal ushbu filmni ishlab chiqarishga 100 million dollar sarflagan. Kartinaning AQShdagi daromadi 174 million dollar, jahon prokatidagi 400 million dollarni tashkil etmoqda.
“Barbi” filmida bosh rolni Margo Robbi, “Oppengeymer”da esa Kilian Myorfi ijro etgan.


Tasodifiy xabarlar
"One piece" seriali 2 - mavsumi qachon? Van pis eng zo'r anime serialmi?
"Marvel" filmlari qanday suratga olinadi? (Video)
Parij Olimpiadasining yopilishida aktyor Tom Kruz ishtirok etadi
"Freddinikida 5 kecha" qo'rqinchili filmi suratga olish ishlari (Video)
"Mortal kombat 1" video o'yinidan yangi rasmiy treyler
Momaqaldiroqlar O'zbek tilida Uzbek tilida film tahlilini tomosha qiling