16-dekabrda “Avatar” filmining davomi bo‘lgan “Avatar: Suv yo‘li” filmi ekranlarga chiqadi. Yaqinda rejissyor Jeyms Kemeron “Avatar-3” 2024-yilda, 2026-yilda esa franshizaning to‘rtinchi qismini chiqarishga va’da berdi. Ikkala loyihani suratga olish ishlari allaqachon yakunlangan.
Kemeron filmning beshinchi qismi uchun ssenariyni allaqachon tayyorlab qo‘yganini ta’kidladi. Rejissyorning aytishicha, agar dunyo “Avatar 6” va “Avatar 7”ni talab qilsa va chiqarilgan seriallar o‘z samarasini bersa, unda davom filmlari albatta ekranlar yuzini ko‘radi.
“O'shanda men 89 yoshda bo'laman.Albatta, ularni abadiy o'zim bilan olib keta olmayman, buning uchun energiya kerak bo'ladi. Siz buni kimgadir o'rgatishingiz kerak bo'ladi, chunki rejissyor sifatida qanchalik aqlli ekanligingiz menga farqi yo'q, siz uni qanday suratga olishni aniq bilmaysiz ", dedi Kemeron.
Rejissyor o‘z faoliyati davomida yana besh-oltita film suratga olishga ulgurishiga ishonadi va ulardan uchtasi, “Avatar”ning davomi bo‘ladi.



Tasodifiy xabarlar
Furiosa: Telba Max doston o'zbek tilida rasmiy treyler
Urush ma'budi God of War seriali haqidagi yangiliklar
Derriga xush kelibsiz seriali Masqaraboz U seriali yangi rasmiy treyleri
O'rgimchak xonim filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
“Boshqotirma-2” multfilmi yangi rekordni o‘rnatdi
"Osmondagi bolalar 3" filmidan eng so'ngi yangiliklar