“Boshqotirma-2” animatsion filmining premyerasi Pixar kompaniyasi uchun haqiqiy g‘alaba bo‘ldi. Atigi 19 kun ichida multfilm 1,015 milliard dollar daromad keltirdi.
Bu natija kino tarixidagi barcha animatsion filmlar orasida eng tez fursatda erishilgan yutuqdir. Avvalgi rekord “Muzyurak-2” filmiga tegishli. Loyiha bir milliard dollar daromadga chiqishi uchun 25 kun kerak bo‘ldi.
Kino tarixida faqat 11 ta animatsion film ushbu ko‘rsatkichdan oshib ketgan bo‘lib, ularning sakkiz nafari Disney va Pixar tomonidan yaratilgan. Bundan tashqari, “Boshqotirma-2” 2024-yilda bir milliard dollardan ortiq daromad olgan birinchi film bo‘ldi. Mazkur loyiha ko‘plab jahon bozorlarida yetakchi film bo‘lib qolmoqda. Uning butun dunyo bo‘ylab kassa tushumlari 545 million dollardan oshdi, qolgan daromad esa AQShga tegishli.
“Boshqotirma-2” franshizasining moliyaviy muvaffaqiyatini ko‘p jihatdan AQSH dan tashqari boahqa davlatlardan kelgan tushumlar belgilab berdi. Ushbu animatsion asar Lotin Amerikasining bir qancha mamlakatlari, Braziliya, Turkiya, Misr va yana bir qancha davlatlar bozorida tarixdagi eng kassabop multfilmga aylandi.


Tasodifiy xabarlar
"Kod 8" filmining ikkinchi qismidan rasmiy treyler namoyish qilindi
Balandlik yangi jangari triller rasmiy treyleri
“Kung-fu panda 4” hamda “Godzilla va Kong” filmlari 500 million dollar daromadga chiqdi
"Agent Elvis" multseriali rasmiy treyleri (Video)
"Sokin maskan:Birinchi kun" filmidan rasmiy treyler
Kemeron Diaz ishtirokidagi “Biznesga qaytish” jangari filmining rasmiy treyleri