Rejissyor Jeyms Kemeron Empire jurnaliga “Avatar” filmining uchinchi qismini yaratish jarayoni haqida intervyu berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi sarlavhasi “Olov va kul” deb ataladigan film kutilmagan syujet va rang-barang voqealarga boy bo‘ladi.
Rejissyor franshiza barcha uchun qiziqarli bo‘lishi uchun xavfli, ammo jiddiy o‘zgartirishlar kiritishga qaror qilish muhim ekanligini ta’kidladi. “Avatar”ning birinchi va ikkinchi qismida tomoshabinlar Pandoraning ajoyib dunyosi va uning turfa madaniyati bilan tanishgan bo‘lsa, uchinchi qismda ushbu olamning yanada murakkab qirralari yoritiladi hamda syujetga chuqurroq kirib boriladi.

Jeyms Kemeron tomoshabinlarning filmdan katta ishlar kutishini bilgan holda ularning ishonchini oqlashni istashini, ammo filmga yangilik kiritish masalasi o‘ziga xos murakkab ekanligini tan oldi:
“Agar siz yirik o‘zgarishlarga olib boradigan qarorni qabul qilishdan qo‘rqsangiz, vaqtingizni va pulingizni behuda sarflaysiz, ammo, hatto bu ham yetarli emas — har safar an’anaviy yondashuvdan qochish va shablonlarni buzish kerak bo‘ladi”, deydi rejissyor.

Eslatib o'tamiz “Avatar 3: Olov va kul” filmi joriy yil 19-dekabrda ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Al Pachino nega "Yulduzlar jangi" filmida suratga tushmagan?
Fallout seriali 2 mavsumi fasli yangi rasmiy treyleri
"Exo" serialidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
"Otin Malina" mukofotiga nomzod filmlar. Ular eng yomonimi?
"Kapitan Amerika 4" filmidan ilk rasmiy treylerni tomosha qiling
"Jentlmenlar" Netflixdan yangi film rasmiy treyleri