Taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Ledi Gaga Warner Bros. hamda DC studiyalari bilan muzokaralar olib bormoqda. U “Joker” filmining “O‘zaro telbalik” nomli ikkinchi qismida rol o‘ynashi mumkin, deb xabar beriladi"
Manbalarning tasdiqlashicha, ikkinchi filmning janri myuzikl bo‘lishi mumkin. Avvalroq sikvel suratga olinishini rejissor Todd Filips e’lon qilgandi. Joker roliga Xoakin Feniks qaytishi kutilmoqda.
Gaga aynan qaysi rolni ijro etishi hozircha oshkor etilmagan. Bu Xarli Kvinn yoki komiksga bog‘liq bo‘lmagan alohida personaj ham bo‘lishi mumkin.
Filips ssenariyni Skott Silver (“Jangchi” filmi) bilan birgalikda yozgan. Sujet detallari va suratga olish ishlari qachon boshlanishi noma’lum. O‘tgan yili Ledi Gaga “Guchchi uyi” kriminal dramasida bosh rolni ijro etgandi. Shuningdek, u 2019-yilda “Yulduz tug‘ildi” kartinasi uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan.
Tasodifiy xabarlar
"Moviy qo'ng'iz" filmidan ikkinchi rasmiy treyler
Ajdar o'rgatuvchilar filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
Iqtisod va biznes haqidagi eng yaxshi filmlar (Video)
Balandlik yangi jangari triller rasmiy treyleri
Uilyamm Tell yangi jangari film rasmiy treyleri
"Yovvoyi robot" animatsion filmidan oxirgi rasmiy treyler