Gollivud aktrisasi Kristen Bell Disney'ning mashhur multfilmi - "Muz yurak"ning uchinchi qismi yaratilayotganini tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, aktyorlar jamoasi yaqin vaqtlarda suratga olish jarayonini boshlaydi.
Anna obrazini ijro etuvchi Bell ssenariy bilan tanishib chiqqanini ma'lum qildi, ammo tafsilotlarni hozircha oshkor etmasligini aytdi.

"Men hozircha bu haqda ko'p gapira olmayman.
Hammasi sir saqlanmoqda", - dedi Bell WSJ jurnaliga bergan intervyusida
Uning ta'kidlashicha, loyiha hozir ijodiy ishlab chiqish bosqichida:
- "Bu jarayonda asosan g'oyalar muhokama qilinadi. Disney'ning afzalligi - har bir bosqichda mukammallikka intilishidir. Har bir jihat qayta-qayta ko'rib chiqiladi, natijada film ideal darajada chiqadi", - deya qoʻshimcha qildi aktrisa.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, "Muz yurak 3" premerasi 2027 yilga rejalashtirilgan. Ilk vizual eskizlarda Elza oq otda, Anna esa qo'ng'ir kiyikda aks etgan bo'lib, bu kadrlar muxlislarda yangi sarguzashtlar haqida qiziqish uyg'otgan.

Eslatib o'tamiz, "Muz yurak"ning ilk qismi 2013 yilda namoyish etilgan va Disney'ga "Oskar" mukofotini olib kelgan. Ortidan chiqqan ikkinchi qism esa dunyo prokatlarida 1 milliard dollardan ortiq daromad topgan hamda Into the Unknown kabi mashhur qo'shiqlarni tomoshabinlarga taqdim etgan.
Tasodifiy xabarlar
200 mln dollardan kop budjet bilan ham foyda keltira olmagan filmlar
"Qasoskorlar 5 : Kang sulolasi" filmidan bizga nimalar ma'lum?
Joan Rouling “Garri Potter”dagi qaysi qahramonini “o‘ldirganidan” afsuslangani haqida so‘zlab berdi
Qo'rqinchili serial "Chucky" 3 mavsum fasl suratga olinadi
“Kalmar o‘yini” seriali yulduzi 79 yoshli O Yon Su tegajog‘lik qilgani uchun qamalishi mumkin
"Avatar: Aang afsonasi" serialidan yangi rasmiy treyler