Google 2022-yilda qaysi film va seriallar eng ko‘p qidirilganini ma’lum qildi.Eng qiziqarli tomoni “Uzuklar hukmdori:qudrat uzuklari” top 10 talikka kirmadi!
Google o'tgan yilni sarhisob qila boshladi. Google Trends veb-saytida 2022 yilning eng mashhur mavzularini ko'rishingiz mumkin bo'lgan sahifa mavjud.Va bu sahifadagi siz-u bizga qiziq bo'lgan mavzularni Kinochi.net sayti etiboringizga taqdim etadi:
Ma’lum bo‘lishicha, bu yil eng ko‘p qidirilgan aktyor Jonni Depp bo‘lgan bo‘lsa, uning sobiq rafiqasi Ember Xerd uchinchi o‘rinni egallagan. Bunga sabab yozda er-xotin yilning asosiy voqealaridan biriga aylangan huquqiy kurashga kirishganlari bo'lsa kerak!
“Eyforiya” eng mashhur serial bo‘lib, undan keyingi o'rinlarni “Ajdar uyi”, “Oy ritsari”, “Kuzatuvchi” va “Annani ixtiro qilish” seriallari o‘rin olgan. Qizig'i shundaki, "Uzuklar hukmdori:qudrat uzuklari" hattoki birinchi o'ntalikka ham kira olmadi.
Eng ommabop filmlar beshligidan: Tor: Sevgi va Momaqaldiroq" Qora Adam, Top Gan: Meverik, Betmen, Encanto fimlari o'rin olgan!
Tasodifiy xabarlar
Margot Robbi va Bret Pitt bitta filmda Bobil (Treyler)
"Godzilla va Kong: Yangi imperiya" filmi haqidagi ma'lumotlar (Video)
"Indiana Jons 5" filmi suratga olish ishlari jarayonidan video rolik
Ambert Ogohlantirish filmidan yangi rasmiy treyler
Osmondagi bolalar 3 Filmi suratga olinadi!
Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasini tark etmoqchi emas