"Karib dengizi qaroqchilari" franshizasining navbatdagi qismida kapitan Jek Chittakning o'g'li bosh qahramon boʻladi. Bu haqda Gollivud insayderi Jeff Shnayder ma'lum qildi.
Shnayderning ta'kidlashicha, Josh D'Amaro Disney kompaniyasining bosh direktori lavozimiga tayinlanganidan so'ng, "Karib dengizi qaroqchilari" loyihasi yana studiya uchun ustuvor yo'nalishga aylangan. Ma'lumotlarga ko'ra, franshizaning oltinchi qismi original filmlar uslubini saqlab qoladi, biroq zamonaviy yondashuv asosida va nisbatan cheklangan byudjet bilan suratga olinadi.

Filmda yana bir muhim qahramon paydo bo'ladi va bu rolni aktrisa Margo Robbi ijro etadi. Avvalroq Robbining "Karib dengizi qaroqchilari" franshizasiga alohida spin-off loyihasi orqali qo'shilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endilikda esa Disney studiyasi asosiy franshiza va spin-off g'oyasini birlashtirishga qaror qilgan bo'lishi mumkin.
Shu bilan birga, oltinchi qismda Jonni Depp ishtirok etadimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Bu masala muxlislar orasida eng ko'p muhokama qilinayotgan savollardan biri boʻlib qolmoqda.

Disney mashhur filmlar seriyasining navbatdagi qismini suratga olishni rejalashtirayotgani haqidagi mish-mishlar bir necha yildan beri tarqalib kelmoqda. Biroq loyiha ssenariydagi ko'plab o'zgarishlar, COVID-19 pandemiyasi, bosh rol ijrochisi Jonni Depp bilan bog'liq mojarolar va uning Gollivudda "boykot qilinishi", shuningdek, boshqa bir qator sabablar tufayli studiya tomonidan uzoq vaqt davomida kechiktirildi.
Tasodifiy xabarlar
Garri Potterning yangi qismlari suratga olinishi kutilmoqda
"Men Grutman" multseriali 2 - mavsumi fasli treyleri
"Qotillar o'yini" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
"Atlas" yangi jangari film rasmiy treyleri taqdim etildi
"Boshqotirma 2" multfilimidan yangi rasmiy treyler (Video)
Mikki 17 Micket 17 filmi haqidagi dastlabki sharxlar qanday bo'ldi?