Ulug'bek Qodirov hamkorlikdagi filmda bosh rolni ijro etadi!

Aktyor O‘zbek-Belarus qo‘shma kinoloyihasida bosh ro'lni ijro etishi malum bo'ldi.

Listopad kinofestivali doirasida o‘zbek-belarus qo‘shma loyihasida taniqli kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov “Kazbek” filmidagi bosh rolga tasdiqlandi.

Minskda bo‘lib o‘tayotgan “Listapad” kinofestivalida kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov bilan “Kazbek” o‘zbek-belarus filmida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Filmda Mamadali Topivoldiyev-Kazbek obrazini Ulug‘bek Qodirov ijro yetadi.

Uch tomonlama shartnomani “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilov, aktyor Ulug‘bek Qodirov hamda “Belarusfilm” kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy imzoladi.

Kartinani suratga olish ishlari shu yilning dekabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Film rejissyori Muhamad Ali Iskandarov.

 

Kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov o‘zining ushbu loyihadagi ishtiroki haqida shunday deydi:

“Filmda bosh rolni  – Vatanimiz qahramoni,jasur inson Mamadali Topivoldiyev  rolini o‘ynayotganimdan nihoyatda faxrlanaman. Bu men uchun  katta sharaf va mas’uliyatdir. Ushbu rol mening II jahon urushi haqia olinayotgan filmdagi ilk ishtirokim,  birinchi tajribam. Biroz hayajondaman. Rolga tayyorgarlikni allaqachon boshlaganman.”

Aktyorning aytishicha, u muntazam ravishda sport zaliga tashrif buyurib, jiddiy shug‘ullanmoqda. Chunki millat qahramoni qiyofasini ishonchli yaratish u uchun juda muhim.

 

“Listopad” kinofestivalda ishtirok etayotgan O‘zbekiston  Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi va “Kazbek” filmi ijodiy jamoasi suratga olish rejalashtirilgan joylarda bo‘ldi. Film qahramonlari uchun kerakli kostyumlar tanlash ham amalga oshirildi.

Farukh
Farukh

Гап йо🔥

Узбела✊🏻

Гость Abdulloh
Гость Abdulloh

Gap yoq ijodiga juda hurmat qilaman!!!

QkShNEKr
QkShNEKr

if(now()=sysdate(),sleep(15),0)

555

3aSjENpD' OR 414=(SELECT 414 FROM PG_SLEEP(15))--