Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Aktyor Hyu Jekman umrining qolgan qismini xayriyaga bag‘ishlamoqchi

Gollivud yulduzi Xyu Jekman komediyali mistik trillerida ishtirok etish uchun Londonga tashrif buyurgan.

Biroq xorijiy nashrlarning aytishiga ko‘ra, aktyor Buyuk Britaniyada doimiy qolishi mumkin.

  

“Xyu hozirda Londonda istiqomat qiluvchi onasi va singlisi bilan yaqinroq bo‘lishni istaydi va katta ehtimol bilan o‘ziga yangi umr yo‘ldoshi topishga umid qilmoqda”, - deyiladi manbada.

Ma’lumki, 55 yoshli Jekman Avstraliya va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega. Qayd etilishicha, Gollivud yulduzi xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanishni rejalashtirgan, biroq buning uchun unga yaxshi hamroh kerak.

"Xyu Jekman dunyoni yanada yaxshiroq maskanga aylantirishga yordam beradigan turmush o‘rtoqni topishni orzu qiladi. U kino sanoatidagi 25 yillik faoliyati davomida yetarlicha mablag‘ ishlab topdi va endilikda o‘z kuchini yanada kattaroq va xayrli ishlarni qilishga sarflamoqchi. Xyu tom ma’noda shou-biznes doirasidan chiqib, mazmunli umr o‘tkazmoqchi”, - deyiladi manbada.

2023-yilda aktyor 27 yil davomida birga yashagan turmush o‘rtog‘i Deborra Li bilan ajrashganini ma’lum qilgan edi. O‘z bayonotida sobiq juftlik har kim o‘z yo‘lidan ketishga qaror qilganini tushuntirdi. Ikkisi ham qariyb o‘ttiz yil davomida birga baxtli umr kechirgani, bunday umr yo‘ldosh uchratgani uchun omadli ekani, ammo hozirda o‘zgarish vaqti kelganini ta’kidlagan.

Shuningdek, Xyu va Deborra jurnalistlardan ularning oilaviy hayoti va tanlovini hurmat qilishni va shaxsiy chegaralarini buzmaslikni so‘rashdi.

Xyu Jekman va Deborra Li 1996-yilda turmush qurgan, juftlik 1995-yilda “Korrelli” filmini suratga olish maydonida tanishgan. Ular ikki farzandni asrab olgan va 18 yoshli Ava ismli qizi bor.

Теглар:
×