Deni Villnyov bilan “The Director’s Cut” podkastida ishtirok etgan, bir qator klassikaga aylanib ulgurgan ilmiy-fantastik filmlar muallifi Stiven Spilberg hamkasbining so‘nggi kinosini tomosha qilgani haqida gapirib, oʻz tassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Afsonaviy rejissyor “Dyuna. Ikkinchi qism” filmini “oʻzi koʻrgan eng buyuk ilmiy-fantastik filmlardan biri” deb atadi.
“Pol katta chuvalchangni egarlaydigan sahna umrim davomida ko‘rgan eng yaxshi sahnalardan biridir. Aktyorlar tarkibi mutlaqo ajoyib. Jang sahnalari ham betakror”, — deya qo‘shimcha qildi Spilberg.
“Dyuna. Ikkinchi qism” filmi 2024-yil 28-fevralda premyera qilindi. Filmda bosh rollarni Timoti Shalame, Ostin Batler, Zendaya, Florens Pyu, Rebekka Fergyuson, Xavyer Bardem, Josh Brolin va Stellan Skarsgard ijro etgan.


Tasodifiy xabarlar
Sonik 3 filmi O'zbek tilida to'liq tahlilni tomosha qiling
"Napoleon" filmidan yangi rasmiy treyler taqdim etildi
Yetti qirollik ritsari seriali Taxtlar o'yini prekvil serialidan birinchi rasmiy treyler
Mehmonxona qo'rqinchili filmidan yangi rasmiy treyler
Sonic 3 Sonik 3 filmidan ilk rasmiy treyler
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmi kadr orti jarayoni (Video)