Disney va Pixar "O'yinchoqlar tarixi 5" animatsion filmi uchun ilk tizerni tagdim etdi. Unda yangi Lilipad nomli aqlli elektron planshet paydo bo'ladi. Uning sahnaga chiqishi qizaloq Bonnining o'yinchoqlarga asoslangan oddiy hayot tarzini butunlay o'zgartirib yuboradi.
Franshizaning beshinchi qismida bosh rollarda Jessi va Bazz Layter bo'ladi. Vudi ketgach, Jessi Bonni xonasidagi o'yinchoqlarning yetakchisiga aylanadi, Bazz esa uning eng yaqin yordamchisi bo'ladi. Ammo Bonni hayotida yangi sevimli o'yinchoq - qurbaqa shaklidagi Lilipad nomli planshet paydo boʻladi. U qizchaning e'tiborini o'ziga tortib, klassik o'yinchoqlarni chetga surib qo'yadi. Lilipad zamonaviy texnologiyalarning bolalar hayotiga qanchalik salbiy ta'sir qilishi mumkinligini ko'rsatib beradi.

Tizerda Vuddi, Bazz, Jessi va boshqalar yangi "raqobatchi" texnologik qurilmaning paydo bo'lishidan hayratda qoladi. Film ustida "VALL-I" va "Nemoni izlab" kabi mashhur animatsion filmlar muallifi Endryu Stenton ishlamoqda.
Rejissyorning aytishicha, "O'yinchoqlarning gadjetlar dunyosida qanday yashab qolishi juda qiziqarli va bir vaqtning o'zida ta'sirli hikoya boʻladi", deydi rejissyor.

2019-yilda taqdim etilgan to'rtinchi qismda Vudi do'stlarini ortda qoldirib, yo'qolgan o'yinchoqlarga yordam berishga qaror qilgan edi va muxlislar hikoya shu bilan yakunlandi deb o'ylashgan. Ammo Pixar voqealarni davom ettirishga qaror qildi. "O'yinchoqlar tarixi 5" filmi 2026-yil 19-
iyun kuni ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. Filmning ssenariysi Pixar'ning uzoq yillik mualliflari tomonidan yozilgan boʻlib, u o'yinchoqlarning insonlar hayotidagi oʻrnini zamonaviy texnologiyalar fonida qayta koʻrib chiqishga harakat qiladi.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Avatar 3: Olov va Kul filmidan yangi rasmiy treyler
"Transformerlar 7" filmidan ikkinchi rasmiy treyler
200 mln dollardan kop budjet bilan ham foyda keltira olmagan filmlar
Arnold Shvartsenegger Netflix’da raxbarlik qiladimi?
“Chaqmoq Makvin” qaytmoqda: Disney mashhur multfilm asosida yangi serial suratga oladi
"Godzilla : Minus bir" filmidan ilk rasmiy treyler