Yangi 2025-yil kirib kelishiga bir oydan ko‘proq vaqt qolgan bo‘lsa-da, ba’zi nashrlar yil sarhisobini qilishga shoshmoqda. Times Now, Screen Rank kabi mashhur xorijiy portallardan 2024-yilda eng ko‘p daromad olgan yosh aktrisalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Zendaya “Da’vogarlar” filmidagi roli uchun 10 million dollar gonorar olib, ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan. Aktrisa Milli Bobbi Braun “Enola Xolms” filmi uchun deyarli xuddi shunday miqdordagi gonorar bilan ikkinchi o‘rinni oldi. Top oltilikka Sidni Suini, Florens Pyu, Jenna Ortega va Anya-Teylor Joy kabi yosh va mahoratli aktrisalar kiritildi.

Zendaya eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalar ro‘yxatida birinchilikni egallashi ilk holat emas, bundan avval aktrisa 2021-yilda “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q” va “Dyuna” kabi filmlardagi obrazlari orqali katta daromadga chiqqan edi. Shuningdek, u “Eyforiya” seriali uchinchi mavsumining har bir epizodi uchun taxminan 1 million dollar gonorar olgan.
Tasodifiy xabarlar
"Yovuz murdaning tirilishi" daxshatli film (Treyler)
Isyonkor Oy filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
"Fantastik to'rtlik" filmi aktyorlar tarkibi qanday bo'ladi?
Juda ham o'zgarib ketgan aktyor va aktrisalar (Video)
Lilo va Stich filmidan yangi rasmiy tizer-treyler
Yo'ldagi uy Yo'l yoqasidagi uy yangi jangari filmdan qaynoq video parcha