"Yangi yil" haqidagi ajoyib filmlar ro'yhati!

Bayramona kayfiyatni yaratishga yordam beradigan filmlarni tomosha qilish vaqti keldi! “Noviy ochag” nashri bayram oldidan Yangi yil shukuhini beruvchi filmlar ro‘yxatini taqdim etdi.Filmalarni albatta tomosha qiling va bayram atmosferasini oilaviy his qiling!

1) “Uyda yolg‘iz”, 1990 va “Uyda yolg‘iz 2”, 1992-yil

 

Albatta, Yangi yil oldidan ushbu bolalar trillerini tomosha qilish an’anaga aylangan. 90-yillardan boshlab “Uyda yolg‘iz” komediyasi “Taqdir hazili” kabi Yangi yil filmi sifatida mashhur bo‘ldi. Shuningdek, tomoshabinlar Kevinning barcha sarguzashtlarini allaqachon yoddan biladi. Baxtsiz o‘g‘rilarning ish bermagan rejalari, Kevinning “dahshatli” qo‘shnisi bilan suhbatlari va uning ko‘plab aka-uka va opa-singillarining tortishuvlari bayramona kayfiyat ulashadi.

2) “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi”, 2000-yil

 

Rojdestvoni hamma ham yaxshi ko‘rmaydi. Tog‘larda yashaydigan Grinch o‘yin-kulgi, quvonch, sovg‘alar va umuman olganda, bayramoldi shov-shuvlardan nafratlanadi. Shning uchun u bu bayramni odamlardan o‘g‘irlaydi. Film ajoyib ishlangan bosh qahramon ro'lini ajoyib aktyor Jim Kerri ijro etgan.

3) "Shimoliy Express" 2004 yil

 

Ushbu multfilm zamonaviy texnologiyadan foydalangan holda yaratilgan. G‘ayrioddiy texnikalar tufayli tomoshabinlar go‘yoki kartina ichiga tushib qolganga o‘xshaydi. Sujet markazidan Santa Klausga ishonmagan bolakay o‘rin olgan. Biroq barcha bolalar Yangi yilda o‘zlarini baxtli his qilishlari kerakligi sababli unga Qorbobonikiga tashrif buyurish imkoniyati beriladi.

4) “Yangi yil tarifi”, 2008-yil

 

Andrey do‘kondagi g‘alati ayoldan “Yangi yil” deb nomlangan g‘ayrioddiy telefon tarifini oladi. U yangi raqamdan qo‘ng‘iroq qiladi va Alyona ismli qiz bilan bog‘lanadi. Uning Yangi yilni nishonlash uchun hech kimi bo‘lmaydi. Andrey qiz bilan bayramni nishonlashni istaydi, lekin ma’lum bo‘lishicha, ular turli vaqtlarda telefonda gaplashishgan, ya’ni ularning orasida bir yil farq bor. Andrey Alyonaning manziliga kelganida, uning Yangi yil oldidan vafot etganini bilib qoladi. Shuning uchun u kelajakda yashab, qizni qutqarishga harakat qiladi.

5) “Rojdestvo hikoyasi”, 2009-yil

 

Bu Charlz Dikkensning ochko‘z Ebenezer Skruje haqidagi romani asosida ishlangan multfilm. U faqat pulni yer yuzidagi asosiy baxt deb bilishga odatlangan, u faqat foydani qadrlaydi va Rojdestvo bu foydani undan o‘g‘irlaydi, chunki odamlar ishlamaydi, dam oladi. Ebenezer qiyin kechani boshdan kechirishi kerak, ammo bu voqealar uni o‘z e’tiqodining noto‘g‘riligiga ishontiradi. Skruje boshqa odamga aylanadi.

6)“Kichkina xonimlar”

 

Luiza Mey Olkottning ushbu romani bir necha bor suratga olingan, ammo ikkita film, 1994 va 2019-yillardagisi eng mashhuriga aylandi. Ikkala versiya ham o‘z muxlislarini topdi. Ikkalasi ham kambag‘al, ammo do‘stona oilada Rojdestvoning o‘ziga xos atmosferasiga kirishga imkon beradi. Sujet markazida to‘rt opa-singilning taqdiri yotadi. Ularning har biri o‘ziga xos va butunlay boshqa narsalarni orzu qiladi, opa-singillar bir-birlarini va uylarini sevadi.

7) “Rojdestvo oldidan dahshatli tush”, 1993-yil

 

Tim Byortonning multfilmi ixtiro qilingan Xellouin shahri haqida hikoya qiladi. Uning aholisi bir-birlarini qo‘rqitadi. Bir kuni ushbu shaharning rahbari Jek Skellington tasodifan Rojdestvo shahriga kiradi. U yerda sodir bo‘layotgan voqealardan hayratda qolib, ko‘plab mo‘jizalar qilish uchun Santa Klaus bo‘lishga qaror qiladi. Ammo yovuz odamlar unga to‘sqinlik qiladi.


×