Svalbard gubernatori Lars Fauz Tom Kruz jamoasiga “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmini suratga olish uchun kerak bo‘lgan arxipelagga vertolyot qo‘nishi uchun ruxsat bermadi.
Kruz Svalbardda filmning bir nechta sahnalarini suratga olishni rejalashtirgan. Ishlab chiqaruvchilar Norvegiya rasmiylaridan 30 ta vertolyot qo‘nishga ruxsat so‘rashgan.
Gubernator bergan rad javobini mahalliy tabiatni buzishni istamasligi bilan izohladi. “Arxipelagda sayohat odamlar yoki hayvonlarga ortiqcha noqulaylik tug‘dirmaydigan tarzda amalga oshirilishi kerak”, dedi departament.
Bosh rolni Tom Kruz ijro etgan “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining yangi qismi 2023-yilda muxlislarga taqdim qilinadi.

Tasodifiy xabarlar
Fantastik to'rtlik: Birinchi qadamlar filmi ilk rasmiy treyleri
"Qush qafasi: Barselona" filmidan rasmiy treyler
"Kod 8" filmining ikkinchi qismidan rasmiy treyler namoyish qilindi
"Qashqirlar makoni" seriali aktyorlari hozirgi kunda (video)
“Yaxshi bo‘lish osonmi?” tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion franshizaga aylandi
Dahshatli premyera "Rohibaning lanati: bag'ishlov" film treyleri