Benedikt Kamberbetch yangi rol uchun qiyofasini tubdan o‘zgartirdi

Benedikt Kamberbetch yangi rol uchun qiyofasini tubdan o‘zgartirdi

2024-yil 12-yanvar kuni filmlar tarixida eng uzoq kutilgan yangilik — “Klarens kitobi” filmi ommaga namoyish etildi. Unda bosh rolni ijro etgan barcha uchun sevimli aktyor Benedikt Kamberbetchni ko‘rgan tomoshabinlar shokka tushdilar: aktyor mazkur rol uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan edi. Filmda u uzun soch va soqolli, ust-boshi kir holatda suratga tushgan. Qahramon tashqi ko‘rinishi ustida professional grim ustalari ishlagani yaqqol ko‘rinib turadi.

 

 “Klarens kitobi” filmida voqealar milodiy I asrda Quddusda bo‘lib o‘tadi: bosh qahramon Isoning insonlar orasida tobora mashhur bo‘lib borayotganidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ladi. Film syujeti murakkab, tomoshabinni chuqur o‘yga tortadigan voqealardan iborat.

Benedikt Kamberbetchdan tashqari, filmda Lakit Stenfild, Omar Si, Anna Dio, Maykl Uord kabi aktyorlarni uchratasiz. Film rejissyor Jeyms Semyuel tomonidan suratga olingan.

 

Ha, aktyorlik san’ati oson emas. Garchi bu ular uchun odatiy ishga aylangan bo‘lsa ham. Bunda grim ustalarining mahorati aktyorlarning turli qirralari va professionallik darajasini ochib berishga ko‘mak beradi.

Теглар:
×