“Dyunа 3” filmining yakuniy treyleri namoyish etildi

“Dyunа 3” filmining yakuniy treyleri namoyish etildi

Denis Vilnyov rejissyorligidagi “Dyunа 3” filmining yakuniy treyleri internetda e’lon qilindi. Warner Bros. kartinani 18-dekabr kuni kinoteatrlarda namoyish etadi.

Film Frank Gerbertning (Dune Messiah) romani asosida suratga olingan. Ikkinchi film voqealaridan 17 yil o‘tib, Pol Atreydes (Timoti Shalame) Galaktikaning zolim imperatoriga aylanadi. Fitnachilar uni yo‘q qilish rejasini tuzar ekan, Pol o‘z sevgilisi Chani (Zendaya)ni topishga urinadi.



Filmda, shuningdek, Anya Teylor-Joy, Florens Pyu, Robert Pattinson, Jeyson Momoa va Xaver Bardem kabi aktyorlar ham suratga tushgan.

“Dyunа” franshizasining ilk filmi 2021-yilda, uning davomi esa 2024-yilda ekranlarga chiqqan. Ikki film jahon prokatida jami 1,1 milliard dollar daromad keltirgan va sakkizta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.



PREMYERAGA QOLGAN VAQT: 2026-12-18

×
KINOCHI.NET