"The Rock" taxallusi bilan tanilgan Gollivud aktyori va sportchi Dueyn Jonson navbatdagi “Smashing Machine” nomli filmiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida MMA bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshlash niyatida. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Smashing Machine” filmi Jonsonning aktyorlik karerasidagi muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda. Chunki u filmda MMA sportining haqiqiy afsonasi bo‘lgan Mark Kerrning hayoti va bosib o‘tgan yo‘lini ijro etadi.
“Ertadan MMA mashg‘ulotlarini boshlayman. Mening hozirgi holatim juda yaxshi va yurak urishim ham normada. Men ushbu filmga chuqur hurmat va muhabbat bilan yondashaman. Kerrga hurmatim cheksiz. Men ko‘p yillar davomida giyohvandlikka qarshi kurashgan juda ko‘p do‘stlarimning (kurashchilarni) hayotdan ko‘z yumgani, shuningdek o‘z joniga qasd qilganining guvohi bo‘ldim. Bu so‘zlarim mening ularga sevgi maktubimdir”, deydi sportchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dueyn Jonson o‘zining Fransiyadagi Le Musee Grevin muzeyiga o‘rnatilgan haykalini almashtirmoqchiligini ma’lum qilgandi.


Tasodifiy xabarlar
Klian Myorfi yangi "Garri Potter" serialidagi Volan-De-mort rolini rad etdimi?
Qotil jinoyatchi Netflix ustidan sudga ariza bermoqchi!
Muzyurak 3 multfilmi ishlab chiqarish jarayonlarin boshlandi
Mufasa: Qirol sher filmidan oxirgi rasmiy treyler
"Marvel" o'tkan 4 - faza haqidagi to'liq ma'lumotlar.
“Boshqotirma-2” 2024-yil kinoprokatida eng yaxshi natija bilan boshlangan multfilm bo‘ldi