«Real Madrid» yulduzi Vinisius Junior va «G'alati Narsalar» seriali yulduzi Sadie Sink kutilmagan mish-mishlar markazida!
Foot Mercato xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Instagram orqali amerikalik aktrisaga murojaat qilib, uni «Santiago Bernabeu» stadionidagi «Real Madrid» uchrashuviga taklif qilgan.
Vinisius oddiy chipta bilan cheklanmagan: u Sadie'ga stadiondagi VIP lojadan joy taklif qilgani aytilmoqda. Biroq aktrisa futbolchining taklifini rad etgan.
Qizig‘i, bu voqea futbol va kino olamidagi ikki mashhur yulduz nomini birlashtirib, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sadie Sink «G'alati Narsalar»dagi Maks Meyfild roli orqali dunyoga tanilgan. Shuningdek, u «The Whale» va «O'rgimchak Odam: Yangi kun» filmlarida ham suratga tushgan.
Hozircha Vinisius ham, Sadie Sink ham bu xabar yuzasidan rasman izoh bermagan. Ular o‘rtasidagi yozishmalar yoki taklifning rad etilgani ham mustaqil tasdiqlanmagan.
Xo‘sh, sizningcha, Sadie Sink nega bunday taklifni rad etgan?
Tasodifiy xabarlar
"Wednesday" Uenzdey yulduzi serialni suratga olish ishlaridagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
Skarlett Yoxansson ilk marta serialda suratga tushadi
"Bizning so'ngimiz"(The Last of us) seriali 2 qism treyleri
Yigitlar seriali 5 - mavsumi,fasli qaynoq rasmiy treylerini tomosha qiling
"Sening fikring" yangi romantik komediya film rasmiy treyleri
Mortal Kombat 2 O'zbek tilida yangi rasmiy treyler