So‘nggi yillarda trendga aylangan “Barbi” filmining bosh qahramoni, maftunkor aktrisa Margo Robbi ilk farzandini kutmoqda, deb yozadi Europa Plus nashri.
To‘rt karra “Oltin globus”, olti marta BAFTA mukofotiga loyiq ko‘rilgan, “Oskar”ga uch karra nomzod bo‘lgan aktrisani turmush o‘rtog‘i Tom Akerli bilan sayr paytida uchratib qolishdi. Shu kunlarda juftlik Komo ko‘lida dam olmoqda. Bir necha kun avval Margo turmush o‘rtog‘i hamda bir guruh do‘stlari bilan Italiyaga uchib ketdi va u yerda 2-iyul kuni tug‘ilgan kunini nishonladi.
Paparatssilar aktrisaning qornini yashirmaydigan kiyimda chiqqan vaqtda suratga oldi. Fotosuratchilarni payqagan yulduz kameralardan yashirinishga shoshildi, ammo ulgurmadi.
Tom Akerli va Margo Robbi 11 yildan beri birga: ular 2013-yilda “Fransiyalik syuita” (“Suite Française”) filmini suratga olish maydonida tanishgan. Uch yil o‘tgach sevishganlar turmush quradi. Shundan keyin Margoning Gollivud filmlarida faol davri boshlandi va u “Barbi” filmining promouteri bilan sayohat qiladi. Yaqinda aktrisa “Karib dengizi qaroqchilari” filmining spin-offida qaroqchi rolini ijro etishi kerak.


Tasodifiy xabarlar
Bredli Kuper “Maestro” filmidagi obrazi uchun 6 yil dirijyorlikni o‘rgangani haqida so‘zlab berdi
Beetlejuise Beetlejuise filmining barcha treylerlari
"Shrek" multfilimining davomi suratga olinadi
“Yaxshi bo‘lish osonmi?” tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion franshizaga aylandi
"WEDNESDAY" seriali Neftlixda ko'rilgan ingliz tilidagi seriallar ichida rekord o'rnatdi!
Paddington 3 filmidan yangi rasmiy treyler