Gollivud yulduzi Kianu Rivz “Jon Uik” filmining suratga olish jarayonida hamkasbining boshini yorib qo‘ygani haqida gapirib berdi
“Jon Uik” filmida bosh rolni ijro etgan Kianu Rivz yaqinda bergan intervyusida kinokartina qismlardan birining suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Aktyor bir marta tasodifan hamkasblaridan birining boshini yorib qo‘yganini yodga oldi.
“Baxtsiz hodisalarga kelsak, bir marta xatoga yo‘l qo‘ydim — bir hamkasbimning boshini yorib qo‘ydim. Bu haqiqatan ham juda yomon, bu uchun uzr so‘rayman. Biroq qolganlar uchun... Yana suratga olish jarayonlarida bir yigitni mashina urib yubordi. Shuning uchun uni kasalxonaga olib borish kerak edi, biroq keyinroq yigitning ahvoli yaxshilandi. Suratga olish maydonchasida hamma bir-biriga yordam beradi”, — deydi aktyor.
Ma’lumot uchun, “Jon Uik” franshizasining to‘rtinchi qismida afsonaviy qotilning dunyo bo‘ylab sayohati va uning yerosti dunyosi rahbarlarini qanday tutishi ko‘rsatiladi.

Tasodifiy xabarlar
O'yinchoqlar tarixi 5 O'zbek tilida rasmiy treyler
Dedpul 3, Deadpool 3 filmidan ilk rasmiy tizer namoyish qilindi
Kungfu panda 4 O'zbek tilida rasmiy treyler
Doktor Strenj 3 filmi qachon chiqishi ma'lum bo'ldi
Mickey 17 filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
“Tabassum” dahshat filmi kassada 200 million dollar yig‘di!