"Wednesday" seriali mualliflari Addamslar oilasi haqidagi animatsion film ustida ishlamoqda. Bu mutlaqo yangi hikoya bo'lishi va mashhur serial bilan hech qanday aloqasi bo‘lmasligi ma'lum qilindi.
"WEDNESDAY" seriali chiqqanidan so'ng Addamslar oilasining o'ziga xos uslubini sevib tomosha qilgan boʻlsangiz, unda siz uchun ajoyib yangilik bor. Serial mualliflari Alfred Gof va Maylz Millar Amazon MGM Studios uchun Addamslar haqida yangi animatsion film ustida ishlamoqda. Bu Netflix'dagi ziyrak Wednesday Addams haqidagi serial bilan bog'liq emas. Serialda bosh rolni "Emmi" va "Oltin globus" mukofotlari nominanti Jenna Ortega ijro etgan edi.

Gof Crew Call podkastiga bergan intervyusida shunday dedi:
“Biz animatsion franshizani qayta ishga tushiryapmiz. Bu multfilm ‘Wednesday" serialiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ushbu animatsiya Addamslar oilasi haqidagi mutlaqo yangi, to‘liq metrajli hikoya bo‘ladi. Hozircha ko‘p narsa aytolmaymiz, chunki loyiha juda erta bosqichda”.
Gofning so‘zlariga ko‘ra, “Eng asosiysi Venzdeyning dunyoqarashini ifodalashdir. Ana shunda animatsiya mazmunli chiqadi va haqiqatan ham kulgili bo‘ladi”.

“Venzdey" oddiy detektiv qiz emas. U kimdir uni aldagani yoki haqiqat yashirilgani uchun tergovga qo‘l uradi. Venzdey doimo zaif holatdagi odamlarni himoya qiladi”, dedi Gof.
Tasodifiy xabarlar
"Avatar 2: Suv yo'li" filmi eng so'ngi yangiliklari!
Barbi va Oppengeymer filmlari yangi rekordlarni zabt etmoqda
Borderlends filmidan ikkinchi yangi rasmiy treyler
Loyyuz filmi birinchi rasmiy treyleri namoyish qilindi
“Kung Fu Panda 4” o'zbek ozbek tilida barcha kinoteatrlarda namoyish qilinadi
"Chumoli odam 3: Kvantmania" filmining yangi treyleri