Paramount kinokompaniyasi Jenna Ortega ishtirokidagi “Qichqiriq-6” filmi tizerini taqdim qildi.
Franshizaning oltinchi qismining birinchi videosida arvoh kostyumidagi bir nechta odam Nyu-York metrosi vagonida tasvirlanadi.
“Millionlar shahrida sizning qichqirganingizni hech kim eshitmaydi”, deyiladi tizer treyleri tavsifida.
Kartina aktyorlari tarkibiga Melissa Barrera, Yasemin Savoy Braun va “Wednesday” filmi yulduzi Jenna Ortega kiradi. Shuningdek, loyihaga yana Ues Kreyvenning original filmi yulduzlari Kurteni Koks va rejissyorning so‘nggi filmi “Qichqiriq-4” filmida bosh rollarni ijro etgan Xeyden Panettier ham qaytishmoqda.
Filmning yangi qismi 2023-yil 10-mart kuni ekranlarga chiqadi.


Tasodifiy xabarlar
Sehr va afsungarlik haqidagi ajoyib filmlar
“Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining treyleri e’lon qilindi
Arnold Shvartsenegger "Avatar" filmida suratga tushadimi?
"Gunohkorlar" yangi qo'rqinchili film rasmiy treyleri
Yangi ilmiy-fantastik film "65" treyleri va premyera sanasi
"Seni hech kim qutqara olmaydi" filmidan ilk rasmiy treyler