“Kalmar o‘yini” serialida 456-raqamli ishtirokchi Son Ki Xun obrazini ijro etgan aktyor Li Jong Je bosh qahramon serialning keyingi qismida butunlay o‘zgacha xarakterda namoyon bo‘lishi haqida so‘zlab berdi.
Aktyor ta’kidlashicha, “Kalmar o‘yini” seriali birinchi qismida bosh qahramon doim quvnoq, hazilkash va pozitiv bo‘lgan. Son Ki Xun shafqatsiz o‘yinni boshdan kechirgandan so‘ng serialning keyingi mavsumida qasos va nafratga to‘la butunlay boshqacha qiyofani gavdalantirgan.

“Men o‘yindagi barcha ishtirokchilarning avvalgi hayoti bilan bog‘liq muammolarini va ruhiy jarohatlarini tinglash va qabul qilish kerak bo‘lgan qahramonni ijro etdim. Menga bu rolni ijro etish juda qiziq o‘tdi, chunki u avvalgidan ko‘ra jiddiyroq va tajribali insonga aylanadi. Albatta, mazkur obrazni yaratishda bir nechta qiyinchiliklarga duch keldim”, deya aktyorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Variety.
Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi fasli joriy yilning 26-dekabrida premyera qilinishi kutilmoqda. Loyihaning uchinchi mavsumi 2025-yilda namoyish etiladi va bu mavsum serial uchun oxirgisi bo‘ladi.

“Kalmar o‘yini”da katta pul mukofoti va’da qilingan o‘yinda omon qolish uchun shafqatsiz sinovlarda qatnashishga majbur bo‘lgan va qarzga botgan bir guruh odamlar haqida hikoya qiladi. Serial ishtirokchilari bolalar o‘yini asosida tuzilgan bir nechta halokatli o‘yinlarda ishtirok etadi. Har bir mag‘lubiyat o‘limni anglatadi.
Tasodifiy xabarlar
Bokschi Bahodir Jalolov haqida film suratga olinadi!
Hyu Jekman "Dedpul 3" filmi haqida yangilik aytdi
Yigitlar ( The boys) seriali o'zbekcha tahlili (Video)
"Marvellar" filmidan yangi rasmiy tizerni tomosha qiling
"Yonayotgan Tana" yangi kriminalniy serial rasmiy treyleri
"Begona: Yer" serialidan yangi rasmiy tizer namoyish qilindi