Mashhur videoo‘yin asosida suratga olingan "Ko'cha Jangchisi" filmi premyera dam olish kunlarida jahon bo‘ylab 51 million dollar daromad yig‘ib, hafta oxiri box-office reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Shundan 31 million dollari Shimoliy Amerikada, qolgan 20 million dollari esa xalqaro bozorlarda to‘plangan.
Filmning ishlab chiqarish budjeti 82 million dollarni tashkil etadi. Demak, loyiha hali o‘z xarajatlarini qoplash uchun ancha daromad yig‘ishi kerak — kinoteatrlar ulushi va reklama xarajatlari ham hisobga olinadi.

Voqealar 1993-yilda kechadi. Ryu va Ken Masters sirli Chun-Li taklifi bilan yana jang maydoniga qaytib, World Warrior turnirida ishtirok etishadi. Biroq musobaqa ortida ularni o‘zaro to‘qnashuvga majbur qiladigan xavfli fitna yashiringan.
Filmda Andrew Koji, Noah Centineo, Callina Liang va Jason Momoa kabi aktyorlar rol ijro etgan. Rejissyor — Kitao Sakurai.
Ko'cha Jangchisi 2026-yil 16-oktabrda kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi. Filmning onlayn platformalarda chiqish sanasi hozircha rasman tasdiqlanmagan. Noyabr o‘rtalari yoki dekabr boshidagi sana esa hozircha taxmin, xolos.
Tasodifiy xabarlar
"Avatar 2: Suv yo'li" filmi eng so'ngi yangiliklari!
Oskar 2023 marosimidagi gilam o'zgardi
Sikvellar doim omadsizlikka uchraydimi?
"O'grilar izidan 2: Pantera" filmidan yangi rasmiy treyler
"Disney+" da aprel oyidagi premyeralar (Video)
Supermen 2025 filmi yangi rasmiy treylerni tomosha qiling