Genri Kavill “Supermen” roliga endi qaytmaydi. Bu ma’lumotni DC Films studiyasi rahbari Jeyms Gunn aytib o‘tdi va keyinroq britaniyalik aktyorning o‘zi ham buni tasdiqladi.
“Men hozirgina Jeyms Gunn va Piter Safran bilan uchrashdim. Bu hamma uchun qayg‘uli yangilik. Oxir-oqibat, men qaytishim mumkin, lekin Supermen sifatida emas. Men ularga va u bilan bog'liq bo'lgan barchaga omad va eng baxtli kunlarni tilayman”,-deydi aktyor.
Eslatib oʻtamiz, aktyorning “Supermen” roliga qaytishi haqidagi xabar “Qora Adam” filmi chiqqanidan koʻp oʻtmay paydo boʻlgan edi. Ammo muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, "DC" ning yangi rahbariyati imkoniyatdan voz kechishga qaror qildi.

Tasodifiy xabarlar
"Avatar 2" filmi aktyorlari hayotda qanday ko'rinishda?
"Qasoskorlar" filmi aktyorlariga kimlar ovoz bergan? (Video)
"Yashirin bosqin" serialidan yangi rasmiy tizer
Yangi "Rejim" mini serialidan ilk rasmiy treyler taqdim etildi
"Begona: Romulus" filmidan yangi rasmiy treyler
Sonik 3 filmidan yangi rasmiy tizer-treyler