“Kalmar o‘yini 2” serialining ikkinchi mavsumi o‘tgan yilning oxirida Netflix tomonidan namoyish etildi va tom ma’noda kino sanoatida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Serial qisqa vaqt ichida barcha raqiblarini ortda qoldirdi, tomoshabinlar soni esa hanuz ortib bormoqda.
Televideniye, radio, kino va boshqa OAV auditoriyasini hisoblash bilan shug‘ullanuvchi xalqaro Nielsen kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, antiutopiyaning davomi 23—29-dekabr kunlari 4 milliard daqiqadan ko‘proq tomosha qilingan. Ya’ni, tomoshabinlar tomonidan bir haftalik ko‘rishlar vaqti to‘qqiz yilni tashkil qilgan.

“Kalmar o‘yini 2” ko‘rishlar vaqti bo‘yicha raqiblaridan ikki baravar ko‘p bo‘lsa-da, 23 dan 29 dekabrgacha yettita boshqa loyihalar bir milliard daqiqadan ko‘proq ko‘rilgan: “Qizil” filmi deyarli 2 milliard, “Qo‘l yuki” trilleri esa 1,5 milliard daqiqa tomosha qilingan.
Janubiy Koreyada suratga olingan mazkur serialning ikkinchi mavsumi 2024-yil 26-dekabr kuni Netflix’da taqdim etildi. Shou Rotten Tomatoes platformasida tanqidchilar tomonidan 83%, tomoshabinlar tomonidan esa 63% ijobiy baholandi.
Tasodifiy xabarlar
Rejissyor Kristofer Nolan ritsarlik unvonini oldi
Borderlends filmidan ikkinchi yangi rasmiy treyler
Bredli Kuper “Maestro” filmidagi obrazi uchun 6 yil dirijyorlikni o‘rgangani haqida so‘zlab berdi
Warner Bros.dan qo'rqinchili film ko'ramizmi?
Balerina filmi Ballerina Jon Uik oxirgi rasmiy treylerini tomosha qiling
Ilon Mask haqida film suratga olinmoqda