Gollivud yulduzi Bredli Kuper bosh rolni o‘ynagan “Maestro” filmi atrofidagi muhokamalarning aksariyati uning taniqli dirijyor Leonard Bernstaynga tashqi ko‘rinish jihatidan o‘xshash uchun qilgan harakatlariga qaratilmoqda. Ammo aktyorning ushbu rolga tayyorgarligi ham tahsinga sazovor.
Filmning Los-Anjelesdagi namoyishi paytida Kuper Leonard Bernstaynning uslubidan ilhomlanib, 6 yil davomida dirijroylikni o‘rganganini aytib o‘tdi. Filmning so‘nggi sahnalaridan biri uchun uning o‘zi yozgan olti daqiqalik musiqa ushbu harakatlar samarasi hisoblanadi.
“Men ushbu sahna tufayli juda asabiylashdim. Chunki biz uni jonli musiqada yozib olishimiz kerak edi. Musiqa London simfonik orkestri tomonidan ijro etildi, mening sahnamni ham o‘sha paytda yozib olishdi. Menda ularga dirijyorlik qilishdan boshqa chora qolmadi”, — deydi Kuper.
Aktyor Leonard Bernstaynning chiqishlarini, shu jumladan, 1976-yilgi London simfonik orkestri bilan ijrosini o‘rgangan. “Maestro” filmining syujeti dirijyor va uning rafiqasi Felisiya Montealegre o‘rtasidagi sevgi munosabatlari haqida.
Ijodkorlarning ta’kidlashicha, film hayot va sanʼatga muhabbat maktubi bo‘lib, oilaviy munosabatlarda emotsional-epik portretni namoyon etadi.


Tasodifiy xabarlar
Moana 2 animatsion filmidan yangi rasmiy treyler
Jenna Ortega "Wednesday" ro'li uchun "Oltin yil" mukofotini oldi
"Jon Uik 4" filmi aktyori Kianu Rivzdan yana bir ajoyib natija
Metyu Makkonahi komedik serilda ko'rinish beradi
2025 - yil Noyabr oyidagi premyeralar filmlar va seriallar haqidagi ma'lumotlar
Kalmar o'yini seriali O'zbek tilida haqiqiy hayotda