Gap “Nechja-2” yoki “Nechja Ajdarho qirolini yengadi” haqida ketmoqda. Xitoyda multfilm 2,054 milliard dollar yig‘di, Xitoydan tashqari bozorlarda esa — 31 million dollar. Bu hafta oxirida “Nechja-2” “Yulduzlar jangi”ning yettinchi qismi, “Kuch uyg‘onadi”ning daromadini ortda qoldirdi. Ayrim tahlilchilarning fikricha, multfilm “Titanik”ning kassa tushumini ham ortda qoldirishi mumkin.
Qayd etish joizki, Xitoyda “Nechja-2”ga 300 milliondan ortiq chipta sotilgan: bu AQSH, Xitoy va Hindistondan tashqari har qanday davlatning aholisidan ko‘p. Deadline maʼlumotlariga ko‘ra, multfilmni Xitoy aholisining 21 foizi ko‘rgan.

Tahlilchilarning fikricha, “Nechja Ajdarho qirolini yengadi” multfilmining muvaffaqiyatiga bir nechta sabab bor. Birinchidan, 2019-yilda chiqqan birinchi qismi ham muvaffaqiyatli bo‘lgan. Ikkinchidan, “Nechja-2” namoyish etilishi bilanoq omadli bo‘lgan, chunki multfilm premyerasi Xitoy Yangi yili mavsumiga to‘g‘ri kelgan. Uchinchidan esa, multfilm maʼlum bir demografik guruhga (ko‘pincha Osiyo relizlarida bo‘lganidek) emas, balki keng auditoriyaga mo‘ljallangan.
“Nechja Ajdarho qirolini yengadi” Xitoy mifologiyasiga asoslangan. Multfilm syujetiga ko‘ra, asosiy qahramonlar o‘z tanalarini qaytarib olishi, Ao Guan Ajdarho qiroliga qarshi kurashishi va Chentanguan qalʼasini vayron qilishdan saqlashlari kerak.

Tasodifiy xabarlar
"Elemental" animatsion filmi kadr orti ovoz berish (Video)
“Kalmar o‘yini ” 2 - mavsumi Netflix tarixida eng ko‘p ko‘rilgan loyihalar ichida 3 o'ringa chiqdi
"Akvamen 2: Yo'qolgan qirollik" O'zbek tilida rasmiy treyler.
Yomon yigitlar-4 filmining to'liq O'zbekcha tahlili (Video)
"Kalmar o'yini" filmidan so'ng Janubiy Koreya seriallar uchun juda katta mablag' ajratdi
Arra 10 (Saw) filmi o'zbek tilida rasmiy treyler