"G'alati narsalar" seriali muhlislari uchun ajoyib yangilik! Nihoyat kutgan kunimiz yaqinlashmoqda. Netflix nihoyat 5-mavsumning rasmiy chiqarilish sanasini e'lon qildi - va bu safar bizni juda zo'r sarguzashtlar kutmoqda!
Serial chiqarilish taqvimi quyidagicha:
1-qism (4 ta epizod): 2025-yil 26-noyabr
2-qism (3 ta epizod): 2025-yil 25-dekabr
Final (1 ta epizod): 2025-yil 31-dekabr Yangi yil oldidan super yakun!

Qahramonlarimiz yana qaytmoqda: Eleven, Mike, Dustin, Lucas, Will va albatta Hopper bilan Joyce! Hatto "Terminator" filmidagi Linda Hamilton ham yangi obrazda paydo boʻladi. Juda qiziq!
Voqealar 1987-yilda bo'lib o'tadi va Hawkins shaharchasi yana bir bor xavf ostida. Max haligacha komada, lekin uning atrofida nima boʻlishi - eng katta savollardan biri. Final epizodining nomi esa "Haqiqiy dunyo" bo'ladi!
Netflix allaqachon rasman treylerni chiqardi - ko'rmagan boʻlsangiz, albatta tomosha qiling. Sifat, effektlar, va atmosfera - hammasi a'lo darajada!
Qiziq tomoni - bu oxirgi mavsum bo'lishiga qaramay, serial olami tugamaydi. Netflix yangi spin-offlar ustida ishlayapti, xullas "G'alati narsalar" olami hali yashaydi!
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Jahon kinosi yulduzi Al Pachinodan yana bir rekord
Aleksandr Makedonskiy haqida film ishlandi (Treyler)
Marvel zombilari animatsion seriali yangi rasmiy treyleri
Kalmar o'yini seriali aslida plagiatmi?
"Asalarichi" filmidan yangi video rolik namoyish qilindi
Momaqaldiroqlar O'zbek tilida Uzbek tilida film tahlilini tomosha qiling