Jeyms Kemeron “Avatar”ning oltinchi va yettinchi qismlari uchun g‘oyalar allaqachon tayyorligi haqida so‘zlab berdi
“Avatar” (2009) va “Avatar: Suv yo‘li” (2022) filmlari rejissori Jeyms Kemeron People’ga bergan intervyusida mazkur filmlarning davomi ustida ish boshlagani haqida ma’lumot berdi.
“Biz ssenariyning barcha qismlarini, jumladan beshinchi qismni ham to‘liq yozdik, menda oltinchi va yettinchi filmlar uchun g‘oyalar tayyor. Biroq, katta ehtimol bilan estafetani boshqaga topshiraman, axir biz abadiy emasmiz. Shunday bo‘lsa-da, hozir men qilayotgan ishimdan katta zavq olyapman. Komandamiz ajoyib insonlardan iborat”,— deydi 69 yoshli rejissor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Avatar” filmini “Yulduzlar jangi” va “Yulduzli yo‘l” kabi mashhur franshizaga aylantirish niyati bor, chunki ushbu turkum filmlar Kemeronni bolalikdan ilhomlantirib kelgan.
“Biz yaqinda “Avatar-3” ning birinchi yarmi ustida ishlarni tugatdik, insonlar yuragiga ta’sir ko‘rsatish uchun esa chin qalbdan ishlash va bor kuchingizni film sifatiga sarflashingiz kerak”, — deydi rejissor.
Kemeronning aytishicha, unga bir savol ko‘p beriladi: nega faqat bitta ish ustida faoliyat olib borasiz? “Men muallif sifatida tomoshabin bilan aloqani yaxshi his qilaman, auditoriyaga nima yoqishini tushunsak, nega vaqtni boshqa narsaga sarflash kerak? ”, — deydi Kemeron.
“Avatar-3” filmining premyerasi 2025-yil 19-dekabrda, to‘rtinchisi 2029-yilda va beshinchisi 2031-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Filmning birinchi va ikkinchi qismlari tarixda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxatida mos ravishda birinchi va uchinchi o‘rinlarni egallaydi. Birinchi film 2,9 milliard dollar, ikkinchisi esa 2,3 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.


Tasodifiy xabarlar
Yigitlar seriali 4 fasl, mavsumidan yangi rasmiy treyler
Frankenshteyn 2025 filmidan oxirgi rasmiy treyler
"Qichqiriq 6" filmi suratga olish jarayoni (Video)
Tayyormisan yoki yo'q 2: Men kelyapman filmidan birinchi rasmiy treyler
Disneyning yangi multfilmlari chiqish sanalari
Fantastik to'rtlik: Birinchi qadamlar filmi ilk rasmiy treyleri