Janubiy koreyalik mashhur rejissyor Park Chan Uk yangi triller janridagi film — “O‘zga chora yo‘q” (어쩔 수 없다) bilan kino olamiga qaytdi. “Oldboy” va “Birlashgan xavfsizlik zonasi” kabi kuchli psixologik kartinalari bilan tanilgan rejissyorning bu safargi loyihasi 2025-yilgi Venetsiya kinofestivalining asosiy tanlov dasturiga kiritilgan.
Film syujeti amerikalik yozuvchi Donald Uestleykning “Bolta” (The Ax) romaniga asoslangan. Unda Mansu ismli erkak 25 yillik mehnatdan so‘ng zavoddan ishdan bo‘shatiladi. Ishsiz qolgan Mansu yangi daromad yo‘lini topish umidida kuchli raqobatga duch keladi va oxir-oqibat, eng yaqin raqiblarini yo‘q qilishga qaror qiladi.

Bosh rolni “Kalmar o‘yini” hamda “Ajoyib yettilik” loyihalari orqali mashhurlikka erishgan aktyor Li Byon Xon ijro etgan. Shuningdek, filmda Son Ye Jin, Park He Sun, Yom Hye Ran, Cha Seng Von kabi taniqli aktyorlar ham ishtirok etgan.
“O‘zga chora yo‘q” filmi Janubiy Koreyaning CJ ENM va Moho Film studiyalari tomonidan suratga olingan. AQSHda filmni ekranizatsiya qilish huquqini NEON studiyasi sotib olgan, boshqa mintaqalarda esa filmni MUBI platformasi namoyish etadi. Filmning premyera sanasi, taxminan, 2025-yil sentyabr oyiga mo‘ljallangan.

Suratga olish ishlari 2024-yil avgust oyida boshlangan va 2025-yil yanvarida yakunlangan. Park Chan Uk bu film ustida uzoq yillar ishlagan va uni “umri bo‘yi orzu qilgan obrazi” deb atagan.
Tasodifiy xabarlar
Marvel Zombilari O'zbek tilida multserialning to'liq tahlili
"Yigit so'zi" seriali qahramoni Adidas yangi loyihada ishtirok etadi
"Bizning so'ngimiz"(The Last of us) seriali 2 qism treyleri
Mehmonxona qo'rqinchili filmidan yangi rasmiy treyler
"Godzilla va Kong: Yangi imperiya" filmidan yangi rasmiy treyler
"Shafqatsiz aylana" yangi detektiv serial treyleri