"Qora libosli odamlar" filmining yangi qismi suratga olinadi

"Qora libosli odamlar"  filmining yangi qismi suratga olinadi

Gollivudda yana shovqin: Sony Pictures mashhur «Qora liboslilar» franshizasining beshinchi qismi ustida rasman ish boshlagani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Variety nashri insayderlariga tayanib xabar tarqatdi. Koʻpchilik kutganidek, yangi film o'zini tanitgan uslubni - yumorga boy, dinamik fantastik muhitni - yana ekranga qayta olib chiqishni maqsad qilmoqda.

Ssenariy muharriri sifatida «Yomon bolalar» filmlari orqali tanilgan Kris Bremner jalb etilgan. Uning tajribasi, ayniqsa Uill Smit bilan birga ishlagan paytlari, bu franshiza uchun katta ustunlik bo'lishi aytilmoqda. Shuningdek, muxlislarni qiziqtirgan eng katta savol - Tommi Li Jons va Uill Smit yana o'z rollariga qaytadimi - hozircha ochiq qolmoqda. Variety'ning ta'kidlashicha, bu masala bo'yicha

rasmiy tasdiq yoxud rad javobi berilmagan.



Eslatib o'tamiz, 1997 yilgi original film Yerda

yashirincha yashovchi beg'araz va xatarli kelgindilarni nazorat qiluvchi maxfiy tashkilot - MIB haqidagi zinhor unutilmas hikoya orqali dunyo kinosida kult maqomiga ega bo'lgan. Tashkilot xodimlari o'z asli ismlarini yashirib, kodli harflar orqali tanishtirilardi va sayyoramizni tashqi tahdidlardan himoya qilishga mas'ul edi.



Biroq franshizaning oxirgi filmi - 2019-yildagi «Qora liboslilar: Xalqaro» - Uill Smit ishtirokisiz suratga olingan va 253,9 million dollarlik tushumga qaramay, kassa rejalarini qondira olmagan. Muxlislar bu borada afsonaviy duetsiz filmning o'sha o'ziga xos ruhi toʻliq his qilinmaganini bir necha bor ta'kidlagan.

Yangi qism ortidagi ijodiy guruh bu safar

franshizani qayta jonlantirish, tamoshabinlardagi nostalgiya va zamonaviy fantastika talablarini uyg'unlashtirishni maqsad qilmoqda. Kutilmoqdaki, beshinchi fılm «Qora liboslilar» olamiga yangi burilish, yangi qahramonlar va ehtimol shuhrat qozongan agentlar qaytishi bilan katta qiziqish uyg'otadi.



Yaqin oylarda fılm jamoasi va aktyorlar tarkibi haqida yanada aniqroq ma'lumotlar e'lon qilinishi kutilyapti. Shubha yo'q: MIB olami yana bir karra yulduzli tarkib bilan ekranlarga qaytishga shay.

×