Prime Video platformasi Gay Ritchi tomonidan
yaratilgan "Yosh Sherlok" serialining treylerini taqdim etdi. Loyiha mashhur detektiv Sherlok Xolmsning qanday shakllangani haqidagi voqealarni ochib beradi. Bosh rolni Xiro Fayns Tiffin ijro etadi. Uning qahramoni qotillikda nohaq ayblanadi va xalqaro fitnaga qarshi kurashishga majbur boʻladi. Aynan shu voqealar uning kelajakdagi taqdirini butunlay oʻzgartirib yuboradi.

Ushbu loyiha rejissyorning Artur Konan Doyl olamiga qariyb o'n besh yildan keyingi qaytishi hisoblanadi. Serialning barcha sakkiz qismi 4-mart kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan. Syujet markazida sharmandali vaziyatga tushib qolgan, jo'shqin va tartibsiz xarakterga ega yigit turadi. U hayotida ilk bor jinoyat tergovi bilan yuzma-yuz keladi. Xavfli xalqaro fıtna sirlarini ochishga urinarkan, u o'zining kelajakdagi buyukligi sari ilk qadamlarini qo'yadi.

Voqealar 1870-yillar Oksfordida va boshqa mamlakatlarda kechadi hamda Beyker-stritning bo'lajak dahosiga aylanish yoʻlida Sherlokning isyonkor xarakteri qanday shakllanganini ko'rsatadi. Gay Ritchi serialning dastlabki ikki qismiga rejissyorlik qilgan hamda butun loyiha prodyuseri sifatida ishtirok etgan. Asar Endryu Leynning kitoblar turkumi asosida suratga olingan bo'lib, Ritchining 2009 va 2011-yillarda chiqqan Sherlok Xolms haqidagi film adaptatsiyalaridan keyingi mantiqiy davomi hisoblanadi.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
Qichqiriq 7 filmidan birinchi rasmiy treyler muhlislarga taqdim etildi
"Supermen" 2025 filmidan birinchi rasmiy treyler
"Top Gan: Meverik" Oskar 2023 ga nomzod bo'ladi
Titanikdagi eshik 40 ming AQSh dollariga sotuvga qo‘yildi
"Qog'oz bino" Koreya 2 fasl (Treyler)
Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari seriali 2 mavsumi faslidan yangi treyler