Warner Bros. studiyasi rejissyor Denis Villeneuve suratga olayotgan Dyuna 3 filmi uchun ilk tizer treylerni taqdim etdi. Film premyerasi 18-dekabr sanasiga rejalashtirilgan.
Film Frank Herbert romanlari asosida yaratilgan bo'lib, voqealar Pol Atreides (Timote Chalamet) hayoti haqida davom etadi. Hikoya ikkinchi film voqealaridan taxminan 12 yil o'tib, Atreides butun galaktikani boshqarayotgan imperatorga aylangan davrni ko'rsatadi.

Film aktyorlar tarkibi:
Zendaya,Anya Taylor-Joy, Florence Pugh, Robert Pattinson, Rebecca Ferguson, Josh Brolin, Jeyson Momoa, Javier Bardem va boshqalar.
Birinchi "Dyuna" 2021-yilda chiqqan, uning davomi "Dyuna 2" esa 2024-yilda namoyish etildi. Ikki film umumiy hisobda 1,1 milliard dollardan ortiq daromad qilgan va bir nechta Academy Awards mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
Endi esa trilogiyaning final qismi - eng katta voqealar bilan kelishi kutilmoqda.
PREMYERAGA QOLGAN VAQT:
Tasodifiy xabarlar
"Maymunlar sayyorasi 4: Qirollik" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
"Jon uik 4" filmi haqida ajoyib yangilik!
Qora kanareyka yangi jangari film rasmiy treyleri
Dedpul va Rosamaxa filmi O'zbek tilida yangi tizer-treyler
Agarda..? 3 mavsumi fasli Agarda animatsion seriali 3 mavsumi yangi treyler
"Garri Potter" filmining davomi suratga olinmaydimi?