Marvel Studios’ning «Daredevil: Qayta tug'ilish» seriali uchinchi mavsumdan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi. Bu haqda THR xabar berdi. Final mavsumining suratga olish ishlari taxminan ikki oy avval yakunlangan, hozir esa loyiha post-prodakshnning so‘nggi bosqichida. Premyera 2027-yilda Disney+ platformasida bo‘lib o‘tadi.
Serialda Charli Koks yana Mett Merdok, ya’ni Hell’s Kitchen’ning ko‘zi ojiz advokati va Daredevil rolini ijro etadi. Vinsent D’Onofrio esa Uilson Fisk — Kingpin obrazida qaytadi.

«Qayta tug'ilish» asl Netflix’dagi «Daredevil» serialining davomchisi sifatida MCU voqealariga ulangan. Ikkinchi mavsumda Fisk Nyu-York meri sifatida hokimiyatni qo‘lga olib, niqobli qahramonlarga qarshi kurash boshlagan. Daredevil esa uning rejalariga qarshi chiqadi.
Ikkinchi mavsumda Krysten Ritter Jessica Jones rolida qaytdi. Serial shuningdek Bullseye, Karen Peyj va boshqa tanish qahramonlarni ham qaytardi.

Endi esa Mett Merdok hikoyasining yakuniy bobiga navbat. «Daredevil: Qayta tug'ilish»ning uchinchi mavsumi — 2027-yilda Disney+da.
Tasodifiy xabarlar
"Wednesday" seriali 2 - mavsumi suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi
Kobra Kai seriali 6 mavsumi suratga olish jarayonidan ajoyib video
Qashqirlar makoni Polat Alamdar haqiqatdan bor shaxsmi?
"Asalarichi" filmidan yangi video rolik namoyish qilindi
Yaxshi bo'lish osonmi 4 multfilmidan yangi rasmiy treyler
Agata seriali Agata: Hamma vaqt seriali qanday suratga olingan?(Video)