Jodugar» seriali 5 mavsumi yakuniy mavsumi qachon chiqishi ma'lum bo'ldi

Jodugar» seriali 5 mavsumi yakuniy mavsumi qachon chiqishi ma'lum bo'ldi

Netflix mashhur «Jodugar» (The Witcher) serialining beshinchi va so‘nggi mavsumi 2027-yil yoki undan keyin namoyish etilishini ma’lum qildi. Avvalroq yakuniy mavsum 2026-yilda ekranlarga chiqishi kutilayotgandi.

Bu haqdagi ma’lumot Netflix’ning 2026-yil 16-noyabr kuni Texas Book Festival doirasida e’lon qilingan adabiy asarlar asosidagi bo‘lajak loyihalar ro‘yxatida paydo bo‘ldi. Unda «Jodugar»ning beshinchi mavsumi 2027-yil va undan keyingi loyihalar qatorida qayd etilgan.



Serialning beshinchi mavsumi 2024-yilda rasman tasdiqlangan va uning yakuniy qism bo‘lishi e’lon qilingan edi. To‘rtinchi va beshinchi mavsumlar ketma-ket suratga olingan. Netflix ma’lumotlariga ko‘ra, yangi qismlarda Geralt, Yennefer va Siri hikoyasi yakuniga yetkaziladi.

Bosh qahramon Geralt of Rivia rolida Liam Hemsworth yana bir bor namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Anya Chalotra va Freya Allan ham o‘z rollariga qaytadi.



Hozircha Netflix beshinchi mavsumning aniq premyera sanasi yoki oyini e’lon qilmagan. Shuningdek, yakuniy mavsumning rasmiy treyleri ham taqdim etilmagan.

×
KINOCHI.NET