Qirg‘izistonda zombi-apokalipsis haqida «2001» nomli horror film suratga olindi

Qirg‘izistonda zombi-apokalipsis haqida «2001» nomli horror film suratga olindi

Rejissyor Ruslan Akun tomonidan suratga olingan film voqealari 2001-yil 1-sentabr kuni xayoliy Amanat shahrida boshlanadi. Noma’lum virus tarqalishi oqibatida shahar aholisi xavfli mavjudotlarga aylanib, butun hudud dahshatli maskanga aylanadi.

Harbiylar shaharni tashqi dunyodan uzib qo‘ygan bir paytda, maktab va shifoxonada qolib ketgan tirik qolganlar omon qolish uchun kurashishga majbur bo‘ladi. Filmda zombi-horror voqealari bilan bir qatorda muhabbat, oila va insoniy matonat mavzulari ham yoritiladi.



Bosh rollarda Emil Esenaliyev, Aysanat Edigeyeva va Omurbek Izrailov suratga tushgan.

«2001» filmining Qirg‘izistondagi premyerasi 2026-yil 24-dekabrga belgilangan. Shuningdek, film Qozog‘iston va O‘zbekiston kinoteatrlarida ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.


Quyida filmdan rasmiy treylerni tomosha qilishingiz mumkin



PREMYERAGA QOLGAN VAQT: 2026-12-24

×
KINOCHI.NET