Janubiy Koreya hukumati “Kalmar oʻyini” serialining olamshumul muvaffaqiyatidan soʻng seriallar ishlashga koʻproq mablagʻ ajratish qaroriga keldi. Mamlakatning Madaniyat, sport va turizm vazirligi 2023-yilda 18 ta loyiha uchun 30 million dollar ajratishni rejalashtirgan.
Kelgusi yilning mart oyida Janubiy Koreya hukumati striming servislarida yosh boʻyicha cheklovlar kiritishni nazorat qiluvchi tizimni ishga tushiradi. Seul rasmiylari ushbu tizim shiddat bilan oʻzgarayotgan mediamaydon yangiliklariga tayyor turish uchun imkon beradi deya hisoblamoqdalar.
“Koreys madaniy kontenti mamlakat eksportidagi yangi yetakchiga aylandi. Biz kelgusi 5 yil ichida bu turdagi kontent eksport bozoridagi oʻyin qoidalarini oʻzgartirishi, imkoniyatlardan foydalanishi va inqiroz omillarini yengib oʻtishi uchun aniq strategiyalar ishlab chiqdik”, – deydi Janubiy Koreya Madaniyat vaziri Chon Ben Gin.

Tasodifiy xabarlar
"Modda" yangi qo'rqinchili film rasmiy treyleri
Kalmar o'yini 3 mavsumi fasli O'zbek tilida ma'lumotlar va yangi rasmiy treyler
"Exorcist" yangi dahshatli film rasmiy treyleri
Aktyor Tom Holland hayoti va ijodi haqida (Video)
"Baxtli Gilmor 2" filmi yangi rasmiy treyleri
Yangi detektiv jangari serial "Tungi Agent" treyleri