“Netflix” YouTube kanalida yozuvchi Jonatan Stroudning “Lokvud jamoasi” romaniga asoslangan va shu nomdagi ilmiy-fantastik serialning dastlabki treyleri taqdim etildi.
Syujetga ko‘ra, Londondagi eng iqtidorli o‘smirlar har kecha butun shaharni egallab olgan dahshatli arvohlar bilan jang qilishadi. Katta inspektorlar ishlaydigan yirik agentliklar orasida bitta mustaqil muassasa mavjud: “Lokvud jamoasi”. Uni uchta o‘smir – Entoni Lokvud, Jorj Karim va Lyusi Karlayl boshqaradi. Ular birgalikda tarix yo‘nalishini o‘zgartiradigan sirni ochadilar. Serialdagi dahshatli arvohlar, detektiv hikoya va jasur o‘smirlar – barchasi zamon ruhida.

Tasodifiy xabarlar
Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari seriali 2 mavsumi faslidan yangi treyler
Mufasa: Qirol sher filmidan yangi rasmiy treyler
“Kalmar o‘yini”dagi doira, uchburchak va kvadratlar nimani anglatadi?
Kungfu panda 4 multfilimi O'zbek tilida treyler tahlili (Video)
"Krid 3" filmi oldingi qismlardan ko'ra yaxshimi?
Kalmar o'yini 3 mavsumi fasli O'zbek tilida ma'lumotlar va yangi rasmiy treyler