Disney studiyasi Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ijrosidagi “Titanik” melodramasining yangilangan versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Reliz 2023-yilning 10-fevraliga rejalashtirilgan,
Jeyms Kemeron filmi 3D, 4K HDR va boshqa formatlarda taqdim etiladi. AQSHdagi prokat huquqi Paramount’ga tegishli.
“Titanik” filmi birinchi marta katta ekranlarga 1997-yilda chiqqan va butun dunyo bo‘ylab 2,2 milliard dollar to‘plab, kassa yig‘imlari bo‘yicha fenomenga aylangan. Shuningdek, lenta 11 ta “Oskar” mukofotini, jumladan “Eng yaxshi film” uchun ham qo‘lga kiritgan. 3D-formatdagi takror relizi 2012-yilda bo‘lib o‘tgandi.

Tasodifiy xabarlar
UFC yulduzi Konor Makgregor o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rdi
"Marvel" dan Hellouin bayrami uchun maxsus treyler namoyish qilindi.
Futbolchi Devid Bekxem haqidagi serial rasmiy treyleri
Marvel qahramoni shifonaga yotqizildi!
Minecraft filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
"Oskar–2026” mukofoti nomzodlari e’lon qilindi